Вопрос задан 15.10.2026 в 12:07. Предмет Оʻzbek tili. Спрашивает Алмурадова Чинара.

7-mashq.
Matnni o‘qing va topshiriqlarni bajaring. Vatan himoyasi Yurt himoyasi yo'lida qahramonlik koʻrsatgan buyuk bobolarimizning jasorati biz uchun ibratdir. Jumladan, xorazmlik ulug' alloma Najmiddin Kubroning Vatan himoyasi yo'lidagi qahramonligi xalqimiz xotirasida abadiy yashab kelmoqda. Rivoyat qilishlaricha, Chingizxonga qarshi jangda avliyo bobomiz bayroqni shu qadar mahkam ushlagan ekanlarki, uning o'limidan keyin shogirdlari hatto kuch bilan ham bayroqni ustozining qoʻlidan ajratib ololmagan ekanlar. Bu Najmiddin Kubro bobomizning qalbidagi Vatanga boʻlgan mustahkam e'tiqod belgisi edi. Bu e'tiqodni hatto oʻlim ham yenga olmadi. Bu e'tiqod bugungi va kelajak avlodlar uchun chinakam ibratdir.

5-topshiriq. Matndan foydalangan holda savollarga javob bering.

1. Biz kimlardan ibrat olishimiz kerak?

2. Xalq qahramoni Najmiddin Kubro kimga qarshi kurashgan?

3. Najmiddin Kubro haqida yana nimalarni bilasiz?

Перейти к ответам

Ответы на вопрос

Отвечает Долгов Алексей.

1. Biz Vatan himoyasi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk bobolarimizdan ibrat olishimiz kerak.

2. Najmiddin Kubro Chingizxon qo‘shinlariga qarshi kurashgan.

3. Najmiddin Kubro — xorazmlik ulug‘ alloma, tasavvuf namoyandasi va Kubraviya tariqati asoschisi. U Urganchni mo‘g‘ullar bosqinidan himoya qilishda jasorat ko‘rsatgan.

Похожие вопросы

Топ вопросов за вчера в категории Оʻzbek tili

Оʻzbek tili 06.01.2025 12:00 206 Рябичева Анастасия
Оʻzbek tili 14.10.2026 21:25 14 Смагулова Дильнара
Оʻzbek tili 05.02.2024 05:12 321 Зайцев Тёма

Последние заданные вопросы в категории Оʻzbek tili

Задать вопрос